Текст песни
Qani sinsa deysiz, yiqilsa deysiz. Darddan ado bo'lib siqilsa deysiz. Yolg'ondan kuyinib g'amimni yeysiz. Sizday aqillardan Xudo saqlasin. Omadim otining sinsa oyog'i, Boshimga tegsa gar qismat tayog'i, Sizni qiziqtirmas bu yoq bu yog'i. Sizday yaqinlardan Xudo saqlasin. Qilgan xatolarim sizlarga bazm. Har ne pastkashlikka yetarsiz jazm. Hatto odam go'shtin qilarsiz hazm. Sizday yaqinlardan Xudo saqlasin. Borimda boshida ko'tarib yurgan, Yo'g'imda bir past yerlarga urgan. Bir kuni o'lishimni qoyilashib turgan Sizday yaqinlardan Xudo saqlasin. Hatto tobutimni ushlamay turib, Minnatlar qilasiz yonimda yurib. Axir kimligingiz o'lgan man bilib, Sizday yaqinlardan Xudo saqlasin. Har kim yelkasida gunohu savob. Dunyodan o'tarkan aylashib tavab. Hali hammasiga berasiz javob. Sizday yaqinlardan Xudo saqlasin. Har dam xanjaringiz qo'lga yashirin. Bilib olsam deysiz dildagi sirin. Hatto shaqollar ham yemas bir-biri. Sizday yaqinlardan Xudo saqlasin. Qani sinsa deysiz, yiqilsa deysiz. Darddan ado bo'lib siqilsa deysiz. Yolg'ondan kuyinib g'amimni yeysiz. Sizday yaqinlardan Xudo Saqlasin.
Shavkat Zulfiqor, Baxtiyor G'oziyev — Hudo saqlasin
«Hudo saqlasin» — Shavkat Zulfiqor, Baxtiyor G'oziyev. Читайте текст песни и подпевайте с караоке-подсветкой: строки текста подсвечиваются в такт музыке. Слушайте онлайн бесплатно или скачайте mp3. Длительность записи — 3:27. Жанр — Поп.
