Текст песни
Bandasiga bermayman hisob. Yuraklari torlik qiladi. O'lginimcha asli umr bor. Kimligimni Xudo biladi. Yelkam uzra ikki farishta. Hamroh bo'lar har bitta ishda. Bir umrlik uzilmas rishta. Kimligimni Xudo biladi. Sinovlari menga dard emas. Armonlari, azno gap emas. Bandalari bilish shart emas. Kimligimni Xudo biladi. Davrim kelib davronim sursam. Indamasdan bir chetda yursam. Har qayerda o'tirsam, tursam. Kimligimni Xudo biladi. Vaqti yetar savol-javobim. Haq yo'lida qilgan tavobim. O'z bo'ynimda uvol savobim. Kimligimni Xudo biladi. Ortimizdan otilgan toshlar. Qilmishlari ko'zimni yoshlar. Siz bilmaysiz ey dunyodoshlar. Kimligimni Xudo biladi. Ajal yetib yumsak ko'zimni. Aytolmasam so'nggi so'zimni. Men bilmasam hatto o'zimni. Kimligimni Xudo biladi. Mayli meni yomonlab yuring. Yiqilgan deb ustimdan kuling. Faqat kinayalik shuni biling. Kimligimni Xudo biladi. Bandasiga bermayman hisob. Yuraklari torlik qiladi. O'lginimcha asli umr bor. Kimligimni Xudo biladi. Bu olamda hammadan ko'proq. Kimligimni Xudo biladi.
Shavkat Zulfiqor — Hudo Biladi
«Hudo Biladi» — Shavkat Zulfiqor. Читайте текст песни и подпевайте с караоке-подсветкой: строки текста подсвечиваются в такт музыке. Слушайте онлайн бесплатно или скачайте mp3. Длительность записи — 3:06. Жанр — Поп.
