Текст песни
Yaratgan ishqimiz etsin ziyoda. Sen bilan charog'on ko'nglim xonasi. Turfa sinovlarga to'la dunyoda. Yaxshikam yonimda borsang onasi. Yaqinlar gohida bag'rimni tilgan. Yuz yillik tanishlar xiyonat qilgan. O'zimni o'zimdan yaxshiroq bilgan. Yaxshikam yonimda borsang onasi. Gohida qalbingga berganim ozor. Ko'nglingni og'ritib takror va takror. Menga muhabbati yagona dilbor. Yaxshikam yonimda borsang onasi. Aqlimni olmagay go'zal sanamlar. Sochi sumbulayu qoshi qalamlar. Sen bilan go'zaldur har o'tgan damlar. Yaxshikam yonimda borsang onasi. Poyinga gullarni to'shasam deyman. Laylisan majnunga o'xshasam deyman. O'lguncha sen bilan yashasam deyman. Yaxshikam yonimda borsang onasi. Qadringni bilmadim gohi gohida. Sinovlar sabrimni yegan chog'ida. Go'zal bu hayotning umr bog'ida. Yaxshikam yonimda borsang onasi. Dunyoning dunyosi aslida bir kam. Sen bilan kamim yo'q mehribon erkam. Go'zallar ichinda tanho malikam. Yaxshikam yonimda borsang onasi.
Shavkat Zulfiqor — Onasi
«Onasi» — Shavkat Zulfiqor. Читайте текст песни и подпевайте с караоке-подсветкой: строки текста подсвечиваются в такт музыке. Слушайте онлайн бесплатно или скачайте mp3. Длительность записи — 3:28. Жанр — Поп.
