Текст песни
O'ynab o'ynab yegandilar oshimiz. Har qadamda rejaları puxta do'st. Bugun yana baland bo'lib boshimiz. Davrim keldi kelavering soxta do'st. Yiqilganda qo'ymadilar bizga boqib. Yuragimni alamlarda yoqib-yoqib. Hech narsani ko'rmaganday eshik qoqib. Davrim keldi kelavering soxta do'st. Uzay desam dona-dona gulim ko'p. Yuray desam har qadamda yo'lim ko'p. Ko'rib qo'ying bugun yana qulim ko'p. Davrim keldi kelavering do'stlarim. Bir zamonlar to'ydirgansiz jonimdan. Haqqingizni olib tomchi qonimdan. Bugun mana joy qilaman yonimda. Davrim keldi kelavering do'stlarim. Bir yilda bir holimizni so'ramagan. Turib-turib o'zlari chaq ko'rmagan. Omad kelsa bizni odam bilmagan. Davrim keldi kelavering soxta do'st. Yuzingizda niqoblar qavat-qavat. Alishtirib umringiz o'tar faqat. Hech narsa bo'lmaganday bexijolat. Davrim keldi kelavering do'stlarim. Bizni chopib ketgandilar har tomon. Qo'yib bersa bugun yana biz yomon. Kinligingiz unutmaymiz hech qachon. Davrim keldi kelavering soxta do'st.
Shavkat Zulfiqor — Soxta do'st
«Soxta do'st» — Shavkat Zulfiqor. Читайте текст песни и подпевайте с караоке-подсветкой: строки текста подсвечиваются в такт музыке. Слушайте онлайн бесплатно или скачайте mp3. Длительность записи — 3:07. Жанр — Поп.
