Текст песни
Bilmadim odamzod qachon to'yarkan. Pul desa qo'lini qonga bo'yarkan. To'ymagan nafsini to'ydira olmay Jigarlar jigarning ko'zin o'yarkan. Ota-onasidan qolganda meros Talashib tortishar hayvonlarga xos. Qiyomatga yaqin qolgandek biroz Jigarlar jigarning ko'zin o'yarkan. Bir ona qorniga siqqan qondoshlar. Bugun bir hovliga sig'masdan boshlar. Yuzdan o'ri qochgan yuragi toshlar. Jigarlar jigarning ko'zin o'yarkan. Ukam egilmasin mashing demasdan. Akam mendan katta yoshing demasdan. Qayamasdan ko'zi qoshing demasdan. Jigarlar jigarning ko'zin o'yarkan. Bittasi bittasining dardin bilmaydi. Jigarde yilda bir yo'qlab kelmaydi. Begona bo'lsa ham alam qilmaydi. Jigarlar jigarning ko'zin o'yarkan. Odamlar bir parcha yerga muammo. Yer ham odam yutib to'ymaydi ammo. Gadoning dushmani bo'larkan gado. Jigarlar jigarning ko'zin o'yarkan. Aka ukasiga ko'targan pichoq. Opalar singilga ochmasa qchoq. Bugun yer qattig'u osmonlar uzoq. Jigarlar jigarning ko'zin o'yarkan. Kulgilar hayratda qolar ushimidan. Birovga bermaydi zarra g'umidan. Mahkam ushlagancha shayton dumidan. Jigarlar jigarning ko'zin o'yarkan. Qayda qoldi mehr qani oqibat. Pul desa bir-birin qo'ydek so'yarkan. To'ymagan nafsini o'ylashib faqat. Jigarlar jigarning ko'zin o'yarkan.
Shavkat Zulfiqor — Jigarlar
«Jigarlar» — Shavkat Zulfiqor. Читайте текст песни и подпевайте с караоке-подсветкой: строки текста подсвечиваются в такт музыке. Слушайте онлайн бесплатно или скачайте mp3. Длительность записи — 3:32. Жанр — Поп.
