Текст песни
Musofirman Yurakda bir hadik bor. Bemor bo'lsam, majol bo'lsam tutmasin Yaratganim Qodir Parvardigor. O'zga yurtda tanam qolib ketmasin. Quloq solgin o'zing ko'ngul zoriga. Farzandlar yosh, ota onam qarigan. Ne sinov, rozi manu bariga. O'zga yurtda tanam qolib ketmasin. Davosi bor dard bersang tanamga. Dardlarimni yillar bor aytmasin. Jabri juda og'ir bo'lar onamga. O'zga yurtda tanam qolib ketmasin. Bu qismatni tanlamadim men atay. Pishonamga bitmishing shu men etay. Umrim so'ngi o'z yurtimda tinch yotay. O'zga yurtda tanam qolib ketmasin. O'zing Bilgan o'sha jon-u tandaman. O'zing bilgan o'sha ojiz bandaman. Goh yuragim sancib qolar qo'rqaman. O'zga yurtda tanam qolib ketmasin. Bilmam qancha savob, qancha gunohim. O'zingdursan har ishimdan ogohim. Sendan bitta tilagim shu Allohim. O'zga yurtda tanam qolib ketmasin. Musofirman yurakda bir hadik bor. Bemor bo'lsam, majol bo'lsam tutmasin. Yaratganim Qodir Parvardigor. O'zga yurtda tanam qolib ketmasin.
Shavkat Zulfiqor — O'zga yurtda tanam qolib ketmasin
«O'zga yurtda tanam qolib ketmasin» — Shavkat Zulfiqor. Читайте текст песни и подпевайте с караоке-подсветкой: строки текста подсвечиваются в такт музыке. Слушайте онлайн бесплатно или скачайте mp3. Длительность записи — 3:00. Жанр — Поп.
