Текст песни
Для этой песни доступен текст без караоке-подсветки.
Oqshom tunlarini oʻtkazib bedor, Qoʻlini duoga ochib umidvor, Xudodan vaslimni soʻrab hokisor, Tahajjud oʻqiydi men uchun biri… Kelajak orzusi, fikrida borman, Oʻqigan namozi, zikrida borman, Bilishim bilmaydi, lek xabardorman, Tahajjud oʻqiydi men uchun biri… Sevgisi haqiqiy, shubxam boʻlmagan, Koʻzlari begona, yotni koʻrmagan, Buni Yaratgandan oʻzga bilmagan, Tahajjud oʻqiydi men uchun biri… Orzu ham qilmagin desam qaytmaydi, Qalbida saqlaydi, oshkor etmaydi, Allohdan oʻzgaga sira aytmaydi, Tahajjud oʻqiydi men uchun biri… Oqshom tunlarini oʻtkazib bedor, Qoʻlini duoga ochib umidvor, Xudodan vaslimni soʻrab hokisor, Tahajjud oʻqiydi men uchun biri… Kelajak orzusi, fikrida borman, Oʻqigan namozi, zikrida borman, Bilishim bilmaydi, lek xabardorman, Tahajjud oʻqiydi men uchun biri… Garchi arzimayman unga zarracha, Ammo uni menga sevgisi ancha, Meni tanigandan to bugungacha, Tahajjud oʻqiydi men uchun biri…
Rustam — Men uchun
«Men uchun» — Rustam. Читайте текст песни, слушайте запись онлайн бесплатно или скачайте mp3. Длительность записи — 3:42. Жанр — Поп.
