Текст песни
Peshonamga bitilgani shu bo'lsa, Taqdir menga sinovlarni yo'llasa, Mayli bugun kimlar ustimdan kulsa, Kambag'allik menga bitilmagandir. Rizq izladim safarlarda, iroqda, Kecha-kunduz tinmay kuydim firoqda, Yig'ladim goh, sarg'aydim u uzoqda, Kambag'allik menga bitilmagandir. Eshigimdan ketdi qancha omadlar, Yuragimga og'ir botdi tuhmatlar, Bir kun kelar men kutgan u davlatlar, Kambag'allik menga bitilmagandir. Bugun yo'qlab kelmas hatto yaqinim, Nazariga ilmas boylar chaqinim, Yaratgandan so'radim-ku ham haqqim, Kambag'allik menga Bitilmagandir. Bir kun kelsa, omad kular yuzimga, Hammat tikilar hayrat ila ko'zimga, Dunyolar ham bo'y sunadi so'zimga, Kambag'allik menga Bitilmagandir. O'shanda ham unutmay men aslimni, Yashnatar man ko'ngil degan faslimni, Boy bo'lsam-da xush ko'raman qasdimni, Kambag'allik menga Bitilmagandir.
Rustam — Kambagʻallik
«Kambagʻallik» — Rustam. Читайте текст песни и подпевайте с караоке-подсветкой: строки текста подсвечиваются в такт музыке. Слушайте онлайн бесплатно или скачайте mp3. Длительность записи — 3:53. Жанр — Поп.
