Текст песни
Для этой песни доступен текст без караоке-подсветки.
Tun pardasi yopildi asta, Yana sog‘inch, yana dil hasta. Tushlarimga kirsang har kecha, Jonim yo‘llaringga payvasta. Ko‘zlaringga termulib bexos, Bir oz qilsam erkaligu noz. Bir borgina quloqlarimga: “Sog‘indim”, deb aytgin, iltimos. Qo‘llarimga qo‘llaringni ber, Mayli, o‘zga nima desa der. Sening otash quchoqlaringda Nima bo‘lar yozsam bitta she’r? Buncha go‘zal visollaring, ayt, Har oqshomda tushlarimga qayt. Bundan ortiq bo‘lmasa kerak Diydoringga to‘yadigan payt. Ruhim go‘yo uchayotgan qush, Shuncha go‘zal bo‘larmi bu tush? Yuragimda baxtning nafasi To tonggacha urayapti jo‘sh. Tushlarimga kirib tur har dam, Sog‘inchimga visoling malham. Yuzlaringga to‘ymasdan turib, Tong otgani qiladi alam. Uyg‘onishga sira hushim yo‘q, Bunday go‘zal ko‘rgan tushim yo‘q. Tez-tez tushlarimga kirib tur, Sendan boshqa aziz kishim yo‘q.
Rustam — TUN PARDASI
«TUN PARDASI» — Rustam. Читайте текст песни, слушайте запись онлайн бесплатно или скачайте mp3. Длительность записи — 4:00. Жанр — Поп.
