Текст песни
Ba'zan hayotda eng yaqin inson Bu singling bo'ladi. Birga ulg'aygan, Birga kulgan, Birga yig'lagan inson. Bu qo'shiq Barcha opa-singillarga ataladi. Bu dunyo-ku o'tkinchi bilsang, Xayolingni joyiga qo'ysang, chuqur o'ylab oyiga Yetsang, arazlamay yashaylik singlim. Dunyo o'tkinchi. Bugun bor inson ertaga yoningda bo'lmasligi mumkin. Shuning uchun mehrni asraylik, Bir-birimizning qadrimizga yetaylik. Ota-ona ne'matimiz biz, Alloh o'zi yaratib Qo'ygan. Bir qorindan chiqdik talashib, Arazlamay yashaylik singlim. Bizni bir uyda ulg'aytirgan ham, Bir dasturxon atrofida jam qilgan ham Ota, Onamizning duolaridir. Malikalar o'tib ketdilar, bir singilga yetmay O'tdilar. Bag'rimizni to'ldirib turib, Arazlamay yashaylik singlim. Ba'zan do'st ham ketadi, Tanish ham unutadi, Lekin singil Qalbning bir bo'lagi bo'lib qolaveradi. Sochlaringni tarardim o'zim, endilikda sen Ko'rar ko'zim. Jonimdagu oqar jon so'zim, arazlamay Yashaylik singlim. Bolalikdagi kulgularimiz, sirlarimiz, Xotiralarimiz Bularning bari Yuragimda saqlanadi. Baxtimizni ko'rsin o'zgalar. Shodligimiz to'ysun o'zgalar. Men senga-yu sen menga kerak. Arazlamay yashaylik singlim. Singlim, Hayot yo'llari turlicha bo'lishi mumkin, Lekin qalblarimiz bir-biridan uzoqlashmasin. Alloh opa-singillar orasidagi mehrni ziyoda qilsin. Baxtingni ko'rib quvonadigan, Duoda seni unutmaydigan insonlar ko'p bo'lsin. Arazlamay yashaylik singlim. Arazlamay yashaylik singlim.
Rustam — Singlim..
«Singlim..» — Rustam. Читайте текст песни и подпевайте с караоке-подсветкой: строки текста подсвечиваются в такт музыке. Слушайте онлайн бесплатно или скачайте mp3. Длительность записи — 3:26. Жанр — Поп.
