Текст песни
Для этой песни доступен текст без караоке-подсветки.
Armon borligini eslatib, Bugun yana qalbim dog‘ladi... Volidamni ko‘rdim tushimda, Gulyuzligim meni yo‘qladi... Quchdim u bag‘rimda uxladi... Doimgidek kulib turardi, Yetim ko‘nglim quvonchni bildi. Yolg‘izligim unutdim shu on, Jonim onam meni yo‘qladi, Quchdim u bag‘rimda uxladi... Onam meni... meni yo‘qladi, Qalbim yana nurga to‘ldi. Bir lahzada baxtni topdim, Quchdim u bag‘rimda uxladi... Lolu-hayron ko‘nglimda quvonch, Men yurardim ko‘tarib onam. Nozik jismni bag‘rimga bosdim, Onam meni, meni yo‘qladi, Quchdim u bag‘rimda uxladi... Onam meni... meni yo‘qladi, Sog‘inchlarim ko‘zga yosh qildi. Bir tush bo‘lsa ham baxt berdi, Quchdim u bag‘rimda uxladi... O‘kindim men... tong kirib keldi, Qani tushmas o‘ngim bo‘lsaydi... G‘arib ko‘nglim yana o‘ksindi, Xotiralar unutilmaydi... Onam endi qaytib kelmaydi... Lekin yuragimda yashaydi... Sog‘inchimda ovutaman men, Quchdim u bag‘rimda uxladi...
Rustam — Tushdagi Ona
«Tushdagi Ona» — Rustam. Читайте текст песни, слушайте запись онлайн бесплатно или скачайте mp3. Длительность записи — 3:30. Жанр — Поп.
