Текст песни
Для этой песни доступен текст без караоке-подсветки.
Akam bor deb ko‘ksimni... Kerib yuribman, aka... Akam bor deb qaddimni Urib yuribman, aka, Bildirmasdan ta’zimlar Qilib yuribman, aka. Ishongan bog‘im sizsiz, Suyansam tog‘dek akam, Davringizda davronlar Surib yuribman, aka. Ko‘ngil kuyib gohida, To‘lsa yurak paymonang, Sen uchun joni halak, Har doim bedor onang... Akam bor deb ko‘ksimni Kerib yuribman, aka, Hayot yo‘llarimda ham Sizni ko‘ribman, aka. Jigardan boshqa do‘st yo‘q, Shuni bilibman, aka, Borlig‘ingiz – baxtim deb Yashab yuribman, aka... Opa-singling bo‘larkan Senga chin do‘st hamxonang, Jigardan boshqa do‘st yo‘q Ko‘rib yuribman, aka. Yelkangizga chiqardim men Bolalik chog‘imda, Suyukli uka edim Akamning ardog‘ida. Endi tirikchilik deb Hol so‘rmadim gohida, O‘zim ekanim o‘zim Urib yuribman, aka. Dunyo keng qo‘rg‘on ekan, Yomoni bor, yaxshi bor, Yaqinlaring sog‘ bo‘lsa, Hayotingni naqshi bor. Aksingizda dadamning Savlati bor, akam bor, Qadringiz zardan aziz, Bilib yuribman, aka... Umringizni ziyoda Qilsin qodir xudoyim, Mehrimiz uzilmasin Toki qiyomat qoyim. Baxtimga sog‘-salomat, Bardam bo‘ling har doim, Akam bor deb ko‘ksimni Kerib yuribman, aka... Akam bor... Kerib yuribman... aka...
Rustam — AKAM BOR
«AKAM BOR» — Rustam. Читайте текст песни, слушайте запись онлайн бесплатно или скачайте mp3. Длительность записи — 3:46. Жанр — Поп.
