Текст песни
Raqamlar bir kuni jon bo'ldi. Birdan tortib to'qqizgacha Eng birinchi bo'lib bir keldi. Eng so'nggi to'qqiz darbadar Nolni taklif qilmadilar ham. Uni raqam bilmadilar ham Maqtandilar rosa o'zaro. Kelib chiqdi oxir mojaro. Bir raqamlar boshiman derdi. To'qqiz urdi ko'ksini kirdi. Yetti esa sirliman dedi. Olti undan qolishmas edi. Sakkiz, besh, to'rt, ikki hamda uch Maqtandilar. Ne so'z bo'lsa duch. Xullas kalom, eng kichik bo'lib Ikkidan ham teng kichik bo'lib Bir sharmanda sharmsar bo'ldi. Barcha raqam ustidan kuldi. Shu payt nogoh nol kelib qoldi. Bir uni shart yoniga oldi. Shu yo'l bilan o'nga aylandi Va boyovsiz jangga shaylandi. Hamma nolni yoniga tortib, Uning qadri qiymati ortdi. To'qqiz mahkam ushladi nolni. To'qson bo'ldi. Ko'ring bu holni. Shunday qilib nol talash bo'ldi. Raqamlarga qiymat bosh bo'ldi. Shohid mamnur sizga bu qissa. Ushbu erur qissadan hissa. Kamsitmang hech uchni qasni ham. Ta shu kesak boland tasni ham Yetti emas ming o'ylab so'ngding. Nol bo'lmasa, Ming ham birga teng.
Sardor Mamadaliyev — Raqamlar
«Raqamlar» — Sardor Mamadaliyev. Читайте текст песни и подпевайте с караоке-подсветкой: строки текста подсвечиваются в такт музыке. Слушайте онлайн бесплатно или скачайте mp3. Длительность записи — 3:08. Жанр — Поп.
