Текст песни
Qadriga yeting bo'lsa akangiz. Qo'lini tuting bo'lsa ukangiz. Bir kuni qurisa mador tingkangiz. Begonalar tomon chopa olmaymiz. Ulardan boshqani topa olmaymiz. Boshingizda tuting mushfiq singlingiz. Ko'tarar shu qizcha bir kun ko'nglingiz. G'amli kun kelganda shuni billingiz-ey. Tashvishlar eshigin yopa olmaymiz. Ulardan boshqani topa olmaymiz. Agar yoningizda bo'lsa opangiz. Poyini yemaklab, suyib o'pingiz. Go'zi bachog'ida har yoq chopingiz. Bozordan boshqa bir opa olmaymiz. Ulardan boshqani topa olmaymiz. Yaxshi kunda qadrin biling yoringiz. Dard kelganda bo'lar ham bemoringiz. Tarqalib ketganda yo'g'ib oringiz. Ko'z yoshni birovga sepa olmaymiz. Shu yordan boshqani topa olmaymiz. Tarqalib ketganda yo'g'ib oringiz. Ko'z yoshni birovga sepa olmaymiz. Shu yordan boshqani topa olmaymiz. Bugun shu yugurgan jaji bolangiz. Artadi bir kuni ko'zda jonangiz. Suy kelib, yel segar boshin silangiz-ey. Birovnib bolasin o'pa olmaymiz. Ulardan boshqani topa olmaymiz. Oh, qattiq abaylang bo'lsa onangiz. Duosini oling bo'lsa otangiz. Tuzating shu bugun aybu xatoingiz. Keyin kech bo'ladi, afu bo'lmaymiz. Ulardan boshqani topa olmaymiz. Tuzating shu bugun aybu xatoingiz-ey. Keyin kech bo'ladi, afu bo'lmaymiz. Ulardan boshqani topa olmaymiz. Oh, Ulardan boshqani topa olmaymiz.
Yulduz Turdiyeva — Topa olmaymiz
«Topa olmaymiz» — Yulduz Turdiyeva. Читайте текст песни и подпевайте с караоке-подсветкой: строки текста подсвечиваются в такт музыке. Слушайте онлайн бесплатно или скачайте mp3. Длительность записи — 4:15. Жанр — Поп.
