Текст песни
Kecha yaralmagan bu koʼhna dunyo. Erta tugamaydi olamda hayot. Insonga qalb ato etganda Xudo, Ne oldin yuz ochgan quvonch yo faryod? Haq qachon yaratgan odam atoni? Bu savol yillarga sigʼmaydi hamon. Odam ato qilgan bitta xatoni Ming bir xil usulda takrorlar inson. Inson, inson, inson, Inson. Ming bir xil usulda takrorlar inson. Inson, inson, inson, Inson. Ming bir xil usulda takrorlar inson. Oilang osmonidan soʼnmasmi nuring? Otangga onangga boʼldingmi fidoy? Oilang osmonidan soʼnmasmi nuring? Otangga onangga boʼldingmi fidoy? Farzanding qalbidan oʼchmasmi quring? Ayt, tiling ortingda qilgaymi duo? Baxt bermasa aslida Alloh odamga, Baxtli yashash uchun bergaydir imkon. Kelib san xush kelding yorugʼ olamga. Baxtli yasholdingmi, aytgin-ey inson? Inson, inson, inson, Inson. Baxtli yasholdingmi, aytgin-ey inson? Inson, inson, Inson, inson. Baxtli yasholdingmi, aytgin-ey inson? Inson, inson, inson, inson. Baxtli yasholdingmi, aytgin-ey inson? Inson, inson, inson, Inson. Baxtli yasholdingmi, aytgin-ey inson? Baxtli yasholdingmi, aytgin-ey inson?
Dildora Niyozova — Inson
«Inson» — Dildora Niyozova. Читайте текст песни и подпевайте с караоке-подсветкой: строки текста подсвечиваются в такт музыке. Слушайте онлайн бесплатно или скачайте mp3. Длительность записи — 4:39. Жанр — Поп.
