Текст песни
Qadrimni toplashga urinmang. Balandlab ketaman aks holda. Ozgina yon bersam suyunmang. Daraxt ham boʻy choʻzar shamolda. Yoʻl bermang birovni qargʻashga. Gullarga oʻqraymoq gunohdir. Haqliman xotirjam yashashga. Shu zamin menga ham panohdir. Yay kabi eksangiz qaddimni. Ulugʻlab oyga mengzayman. Men yerdan topmasam baxtimni. Bu baland osmondan izlayman. Men nafas rostlay deb inchunin. Ozgina yon bersam suyunmang. Oʻzimdan kechqayman siz uchun. Qadrimni toplashga urinmang. Qadrimni toplashga urinmang. Balandlab ketaman aks holda. Ozgina yon bersam suyunmang. Daraxt ham boʻy choʻzar Shamolda. Otlar minib el aralab yurganlar. Sulton deya davr-u davron surganlar. Otlar minib el aralab yurganlar. Sulton deya davr-u davron surganlar. Birni qoʻyib bugun mengni urgʻonlar. Birni qoʻyib bugun mengni urgʻonlar. Davring keldi. Hech qolmasin armoning. Eling bilan boʻlsin davr-u davroning. Dombiramning navasini tinglanglar. Odam oʻgʻli ezgu yoʻlni tanlanglar. Dombiramning navasini tinglanglar. Odam oʻgʻli ezgu yoʻlni tanlanglar. Bu dunyoning besh kunligin anglanglar. Bu dunyoning besh kunligin anglanglar. Vaqti kelib ketsa agar bu jonning. Ziyoratgoh boʻlar bir kun makoning. Tinchlik boʻlsa ma'mur, joning salomat. Yurishingda, turishingda halovat. Tinchlik boʻlsa ma'mur, joning salomat. Yurishingda, turishingda halovat. Yaxshilikning oxiridir saodat. Yaxshilikning oxiridir saodat. Davring keldi, hech qolmasin armoning. Eling bilan boʻlsin davr-u davroning. Oń Besh boʻlmay osmonda oy toʻlolmas. Ahl elga surat, dushman yoʻlolmas. Oń besh boʻlmay osmonda oy toʻlolmas. Ahl elga surat, dushman yoʻlolmas. Har qanday el oʻz elingday boʻlolmas. Har qanday el oʻz elingday boʻlolmas. Ey baxshi qul, soʻylay bergin armoning. El boʻlmasa, qaydan boʻlsin davroning. Ey baxshi qul, soʻylay bergin armoning. El boʻlmasa, qaydan boʻlsin davroning.
Mahmud Nomozov — Armoning
«Armoning» — Mahmud Nomozov. Читайте текст песни и подпевайте с караоке-подсветкой: строки текста подсвечиваются в такт музыке. Слушайте онлайн бесплатно или скачайте mp3. Длительность записи — 6:07. Жанр — Поп.
