Текст песни
Bir ming to'qqiz yuz sakson sakkizinchi yilning Bahorida onamni berib qo'ydik. Bahorning ochiq kuni Osmonda mamaqaldiroq gumburlaganday, Boshimga gurzi kelib tushganday bo'ldi. Yemagim, ichmagimning ma'nisini yo'qotdim. O'zimni ishga ovutdim, ish bilan o'zimni ovutdim, O'zimni ovutdim, ovutdim, lekin sira Ololmadim. Yuragimning bir parchasi yulinib ketgan edi. Endi bu jarohat hech tuzalmaydiganday tuyuldi. Onam mening yaxshi kunlarimni ko'rolmay ketdi, Shunga do'g'man. Onam haqida bir qo'shiq bitsam, Unda tiriklik payti izhar etolmagan bor muhabbatimni Bayon qilsam, Deya orzu qilaman. Lekin bu orzimning amalga oshishi juda juda qiyin Bo'ldi, Chunki onamning dardi yuragimga sig'maydi-ku. U qanday qilib qo'shiqqa sig'sin? Onamning vafotidan keyin rosa yigirma yil o'tgach, Ona degan qo'shiq aytishga jur'at etdim. Lekin bu qo'shiq dardimni bosmadi. Yangiladi, xalos. Derazamdan muralaydi oy. Oq harirli mislsiz chiroyi. Derazamdan muralaydi Oy. Oq harirli mislsiz chiroyi. Yulduz uchur topolmasdan jon. Ona jonim ko'rgim keladi. Bir dam suhbat qurgim keladi. Tun qo'ynida chayqalar Gullar. Xushbo'y eli kimnidir izlar. Tun qo'ynida chayqalar Gullar. Xushbo'y eli kimnidir Izlar. Izing topmay bag'rini to'zlar. Ona jonim ko'rgim keladi. Bir dam suhbat qurgim keladi. Sog'inchlardan sarg'aydi Dunyo. Orzularim bo'ldi ko'ngil ro'yo. Sog'inchlardan sarg'aydi dunyo. Orzularim bo'ldi ko'ngil Ro'yo. Qamrimda oqar bir nido. Ona jonim ko'rgim keladi. Ketding jim-jim xayr demasdan. Pinhon diling bir bor ochmasdan. Ketding jim-jim xayr demasdan. Pinhon diling bir bor ochmasdan. Yiroqlashding, aslo choshmasdan. Ona jonim ko'rgim keladi. Bir dam suhbat qurgim keladi. Dil o'rtalar Aylanar boshim. O'zing eding yaqin sirdoshim. Sog'inganda tinmaydi yoshim. Ona jonim ko'rgim keladi. Bir dam suhbat qurgim keladi.
Mahmud Nomozov — Ona
«Ona» — Mahmud Nomozov. Читайте текст песни и подпевайте с караоке-подсветкой: строки текста подсвечиваются в такт музыке. Слушайте онлайн бесплатно или скачайте mp3. Длительность записи — 6:09. Жанр — Поп.
