Текст песни
Ko'zlarimni quvontirgan o'zingsan. Dunyoda borligimga ishontirgan o'zingsan. Hayotim har onimga singib ketgan olamsan. Ne sinov, ne dardlarimni yengib ketgan lolamsan. Men uchun bag'ish etilgan kunlaringga ming shukur. Muhabbatli necha oy, yillaringga tashakkur. Chunki mening bir tanu jonimdan bir parhamsan. Dunyoda bor gullardan eng chiroyli Lolamsan. Kel endi har yangi tongni birga kutaylik. O'rtamizdan o'tgan dard alamni unutaylik. Birga birga umrimiz kuzlariga yetaylik. Sevgimiz ertagini shu qo'shiqda bitaylik. Seni sevgun sog'ligu va xasta holingda ham. Seni dedim goh nari yo bo'lsam yoningda ham. Chunki meni har kuni Haqqa aytar nolamsan. Bir men uchun ochilgan bitta dona lolamsan. Men uchun bag'ish etilgan kunlaringga ming shukur. Muhabbatli necha oy, yillaringga tashakkur. Chunki mening bir tanu jonimdan bir parhamsan. Dunyoda bor gullardan eng chiroyli lolamsan. Yana shuni aytaman kelganida xonasi. Uch o'g'limni bor shunday senday go'zal onasi. Va'da ber bag'ish etishga yana menga bir olam. Baxtli kunlarni birga Ko'rishga mening lolam.
Imron — Lolamsan
«Lolamsan» — Imron. Читайте текст песни и подпевайте с караоке-подсветкой: строки текста подсвечиваются в такт музыке. Слушайте онлайн бесплатно или скачайте mp3. Длительность записи — 3:17. Жанр — Поп.
